Ok Diario nashrining xabar berishicha, «Barcelona» hujumchisi Antuan Grizmannni sotmoqchi, ammo xaridor topilmayapti. Manbaning xabariga ko'ra, Kataloniya klubi frantsuzni 60 million evro evaziga sotishga umid qilishgandi, bu «Barsa» 2019 - yilda Antuanning transferi uchun «Atletiko»ga to'lagan pulning yarmiga teng.
Kataloniyaliklar bu transferni tashkil qilmoqchi bo'lganida bir qator muammolarga duch kelishgani aytib o'tilgan. Birinchidan, Grizmann 2024 - yilgacha yirik shartnomaga ega bo'lgan klubni tark etmoqchi emas. Ikkinchidan, futbolchi uchun xaridor yo'q.
«Barselona» qishki transfer oynasida Grizmanni sotmoqchi bo'lgan. Klub futbolchining agenti bilan bog'lanib, unga futbolchining ketishi ustida ishlashni taklif qildi, ammo rad javobini olishdi. Bundan tashqari, hech bir klub futbolchiga «Barsa»da oladigan maoshini to'lashga tayyor emas.
«PSJ» va «Manchester Yunayted» frantsuzni o'z safiga qo'shib olishni xohlashgandi, ammo futbolchining o'zi klubini o'zgartirishni istamasligi kelishuvni amalga oshishiga xalaqit bergan.
Ma'lumot o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, ushbu mavsumda frantsuz hujumchisi La Ligada 23ta o'yin o'tkazib, 6ta gol urgan, hamda 6ta golli pas berdi.
1-Mart 2021,02:50
O'qildi: 56 - Fikirlar: 0