"Barcelona" prezidentligiga nomzod bo'lib turgan Joan Laporta jamoa xujumchisi Lionel Messining klubdagi kelajagi haqida gapirib o'tdi.
— Biz unga klubdagi vaziyatdan kelib chiqqan holda shartnoma taklif qilamiz. Biz boshqa klublar taklif qilayotgandek mo'maygina daromad taklif qila olmaymiz, lekin Leoni hech qachon pullar boshqargan emas. Men bunga ishonaman, agarda men prezident bo'lmasam, u jamoani tark etishi aniq. Unga janob Freysha yoqmaydi. Chunki Freyshaning tarkibi jamoa uchun Leo bor yoki yo'qligi muhim emas deb xisoblaydi. Leoning jamoada borligi klubga 30% foyda keltiradi. Lekin Messining ham o'ziga yarasha harakteri bor. Agar u ketsa bizning hayotimiz bundan so'ng tugaydi degani emas, — dedi Laporta. "Barcelona"da prezidentlik saylovi 7-mart kuni bo'lib o'tadi. Messining jamoa bilan amaldagi shartnomasi shu yili yozda o'z nihoyasiga yetadi. Leoning kelajagi yangi prezident bilan muhokama qilinishi bir necha bor ommalarda aylanmoqda.
www.fcb.uz
3-Mart 2021,16:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0