"Barselona" klubi kecha Ispaniya kubogining yarim final bosqichidan o'rin olgan "Sevilya"ga qarshi javob uchrashuvini o'tkazib, qo'shimcha bo'limlarda final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.Ispaniya OAV tarqatgan xabarga ko'ra, uchrashuvdan so'ng "Kamp Nou" stadioni tribunasi ostidagi yo'lakda «Sevilya» prezidenti Pepe Kastro, andalusiyaliklar sport direktori Monchi hamda «Barselona» hujumchisi Lionel Messi o'rtasida mojaro yuzaga keldi. «Sevilya» rahbarlari kiyinish xonasiga yo'l olayotganida ular Messini uchratishdi va unga: «Sen hamisha yakka o'zing g'alaba qozonasan...», — deyishdi. Bu orqali ular hakamga pora berilganligiga ishora qilishdi.Messi esa Kastro va Monchiga qarata: «Uyingizga yo'l oling», deya javob qaytardi.Messining ushbu javobidan keyin «Sevilya» vakillari jim bo'lishdi.
4-Mart 2021,21:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0