«Barselona» klubi sobiq futbolchisi Rivaldo "ko'k-anorranglilar"ning Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi o'yini oldidan o'z fikrini bildirib o'tdi.«Avval ham aytib o'tganimdek, «Barselona» 1:4 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng keyingi bosqichga chiqa olmasa kerak. Parijlikliklar haddan tashqari kuchli va ular bu ustunlikni qo'ldan chiqarishmasa kerak.Ammo Ispaniya kubogining yarim final bosqichidagi g'alaba jamoaning o'ziga bo'lgan ishonchini oshirdi. Albatta, «Barselona»ning sobiq futbolchisi sifatida Parijda kambek ko'rishni istayman, ammo, ochig'ini aytsam, bu narsa ro'y berishiga ishonmayman. Hozirda «Barsa»ning «Sevilya»ni engib, Ispaniya kubogi finaliga chiqqanidan xursandman. Bu yaxshilik belgisi.Sovringa da'vogarlik qilish hamisha yoqimli, ammo Ispaniya kubogida g'alaba jamoani ushbu mavsumda qutqarib qola olmaydi. Klub uchun Chempionlar ligasi deyarli tugadi. Shu bois, Ispaniya chempionatidagi g'oliblik uchun kurashish kerak. Buning uchun "Barsa"da hali yaxshi imkoniyat bor.Agar "Barselona" bir mavsumda ikkita sovrinni qo'lga kiritsa, bundan quvonish mumkin. Shunda mavsumni ijobiy bo'ldi, deb aytish mumkin», – dedi Rivaldo.
6-Mart 2021,09:40