«Liverpul» yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum va «Lion» hujumchisi Memfis Depay «Barselona»ga o'tishga yaqin turibdi.Diario Sport nashrining xabar qilishicha, katalon klubi yozda erkin agentga aylanadigan futbolchilar bilan dastlabki kelishuvga erishgan. Transferlar amalga oshadigan bo'lsa, har ikki futbolchi «Barselona» bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi.Niderlandiyalik futbolchilarni olib kelishni «Barselona» ustozi Ronald Kuman xohlamoqda.Veynaldum va Depay «Barsa»da prezidentlik saylovlari bo'lmasidan oldin jamoa bilan dastlabki shartnomani imzolagan.Hozirda kelishuvlar klub direktorlar kengashi tomonidan tasdiqlansa bo'lgani. Biroq 30 yoshli Veynaldum borasida «Barselona» rahbariyatida savollar bor. Bu transfer yosh futbolchilarning o'yin amaliyotiga salbiy ta'sir qilmasligi muhim. Shuningdek, «Barselona» mazkur pozitsiyadagi ayrim futbolchilarni (masalan, Miralem Pyanichni) sotib yuborishni maqsad qilgan.Depay Liga 1 joriy mavsumida 30 ta o'yin o'tkazib, 14 gol va 9 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Veynaldum esa Premer Ligadagi 29 o'yinda ikkita gol urdi.
26-Mart 2021,16:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0