Asli "Barselona"ga tegishli bo'lgan, "Nitstsa" futbolchisi Jan-Kler Todibo Kataloniya klubida ko'proq amaliyot o'tashni xohlaganini tan oldi.
«"Barselona"dek jamoaga o'tib, lekin o'ynamaslikni jin ursin. Men bunday klub zaxira o'rindig'ida o'tirgandan ko'ra, Frantsiyaning quyi ligalarida o'ynashni afzal bilaman. Kataloniya klubiga o'tish aqlbovar qilmas hodisa bo'lgan, ammo men jamoa bila faqat 5 o'yinda qatnashganman xolos.
Bu haqiqat emas, bu soxtalik. Men 2019 yilda Ispaniya chempioni bo'ldim, ammo jamoaga yordam bermadim. O'ylashimcha, men jamoa bilan birga ko'proq narsalarga qodir edim», - deydi frantsiyalik futbolchi.
Todibo "Barselona"ga 2019 yilning yanvarida "Tuluza"dan 1 million evro evaziga ko'chib o'tgan. Frantsuz futbolchisining Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2023 yil yozigacha amal qiladi.
Ushbu mavsumda Todibo Liga 1 doirasida 7 uchrashuv o'tkazgan.
28-Mart 2021,13:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0