«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Ispaniya chempionatining 29-turi doirasida bo'lib o'tgan «Valyadolid»ga qarshi o'yin (1:0) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.«Birinchi bo'limda etarlicha vaziyat yarata olmadik. Yaxshi pressing qilmadik. Jamoa o'yin boshidanoq horg'in ko'rindi. Shuning uchun o'yinni nazorat qila olmadik. Ikkinchi bo'limda sxemani o'zgartirganimiz uchun yaxshiroq harakat qila boshladik.Qiyin o'yin o'tkazdik, jamoa o'z saviyasidan olisda bo'ldi. «Valyadolid» himoyada zo'r o'ynadi. Ammo biz g'alabaga haqli edik. Jamoa qiyin o'yinda ham g'alaba qozona olishi mumkinligini isbotladi.Uchrashuv so'ngida omadimiz keldi. Ikkinchi taymda xotirjam edim, birinchi bo'limda ko'proq hayajonlandim. Chunki jamoa so'nggi o'yinlar bilan taqqoslaganda boshqacha bo'lib qolganini ko'rdim. Ikkinchi taymda o'yinni kuchaytirdik, vaziyatlar yaratdik. Yomon o'ynab ham g'alaba qozonish mumkinligini jamoa ko'rsatdi.Hayotda omadli va omadsiz kunlar bo'ladi. «Barselona» murabbiyi ekanim — omadim kelganidan darak. Uch ochko uchun kurashgan jamoaning xarakterini e'tirof etish lozim», – dedi Kuman.
6-Aprel 2021,06:30