Sevilya shahrida bo'lib o'tgan Ispaniya kubogining finalida Bilbaoning «Atletik» va «Barselona» klublari to'qnash kelishdi. Ronald Kuman shogirdlari butun o'yin davomida katta ustunlikka ega bo'lib, ko'plab vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Ularning sa'y-harakatlari samara keltira boshladi. Bahsning 60-daqiqasida Frenki de Yongning uzatmasidan keyin Antuan Grizmann hisobni ochgan bo'lsa, oradan 3 daqiqa o'tib niderlandiyalik futbolchining o'zi hisobdagi farqni 2taga oshirdi. Keyingi 6 daqiqa ichida Lionel Messi 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Uning gollariga de Yong va Alba assistentlik qilishdi.«Barselona» o'z tarixida 31-marta Ispaniya kubogini qo'lga kiritdi. Bu esa mutlaq rekord hisoblanadi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha keyingi pog'onalarni «Atletik Bilbao» (23) va «Real» (19) egallab turishibdi.Ispaniya kubogi, finalAtletik – Barselona 0:4 (0:0, 0:4)Gollar: 0:1 – 60 Grizmann, 0:2 – 63 de Yong, 0:3 – 68 Messi, 0:4 – 72 Messi. Atletik – Unai Simon, De Markos, Yeray Alvares (Nunes, 67), Martines, Balensiaga, Raul Garsiya, Unai Lopes (Berchiche, 67), Berenger (Vesga, 54), Dani Garsiya, Muniain (Lekue, 46), Uilyams (Vilyalibre, 67).Barselona – ter Stegen, Alba, Mingesa (Breytueyt, 87), Pike (Arauxo, 82), Dest (Serji Roberto, 74), Buskets, de Yong, Pedri (Moriba, 81), Langle, Grizmann (Dembele, 88), Messi.Ogohlantirishlar: Dani Garsiya (39), Berchiche (90).
17-Aprel 2021,04:40