7 may kuni UEFA ijroqo'mining favqulotda yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda Evropa superligasini tashkil etishga qaror qilgan klublarga nisbatan jazo chorasi qabul qilindi.To'qqizta klub («Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Liverpul», «Chelsi», «Arsenal», «Atletiko», «Inter», «Milan» va «Tottenxem») Superligani tashkil etish xato g'oya bo'lganini tan olib, futbol ommasidan uzr so'radi.Ularga 15 million evro miqdorida xayriya boji to'lash majburiyati yuklandi. Ushbu pullar Evropa bo'ylab futbolni rivojlantirishga sarflanadi. Shuningdek, bu klublar evrokuboklardagi ishtiroki orqali bir mavsumda ishlab topgan pullarining 5 foizini UEFAga qaytarishadi. Agar bu jamoalar kelajakda UEFA bilan kelishuvni yana bir marta buzishsa, 150 million evro miqdorida jarimaga tortilishadi. Mazkur klublar mavsum-2024/2025dan kuchga kiradigan Chempionlar ligasining yangi formatiga rozi bo'lishdi. Superligadan hali chiqmagan 3ta klub («Real», «Barselona» va «Yuventus»)ga nisbatan boshqa chora qo'llaniladi va bu keyinroq e'lon qilinadi.
7-May 2021,23:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0