«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Ispaniya chempionatining 36-turi doirasida bo'lib o'tgan «Levante»ga qarshi o'yin (3:3) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi. Kataloniyaliklar mazkur o'yinda 2:0 hisobida oldinda borayotib, yakunda g'alabani qo'ldan chiqarishdi. «Birinchi taymda yaxshi o'ynadik, yaxshi harakat qildik va ritmni yaxshi ushlab turdik. Natijada ko'p vaziyatlar yaratdik. Ikkinchi taym boshida esa biz to'pni yo'qota boshladik. Intensivlik pasaytirdik. Raqib esa bir nechta vaziyatlarni bizni hayron qoldirdi. Raqibning o'yinga qaytishiga imkon bersangiz, keyin qiyin bo'ladi. «Levante» esa buni uddaladi.Murabbiy sifatida natijada mas'ulman. O'zimga savol beraman: "Tanaffusda biz nima bilan shug'ullandik?" Biz himoyadagi o'yinni mustahkamlash va intensivlikni saqlab qolish haqidagi gaplashgandik, ammo bunday qilmadik. 2:0 hisobida oldinda bora turib, yakunda durang o'ynashimiz mumkinligini kutmagandim.Murabbiylar ishiga hamisha tanqidiy yondashiladi. Bunday ikkinchi bo'limdan so'ng menga savollar ko'p bo'ladi», — dedi Kuman.
12-May 2021,09:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0