Bugun «Barselona» prezidenti Xuan Laporta bosh murabbiy Ronald Kuman bilan uchrashadi.
Marca xabariga ko'ra, menejer 58 yoshli mutaxassis bilan klubdagi kelajagini muhokama qilishni rejalashtirmagan. Aksincha, ular «Barselona»ning muammolarini tahlil qilishadi.
Bunday uchrashuvlar allaqachon bo'lib o'tgan. Yani, Kuman va Laporta bir necha marta tushlik va kechki ovqat paytida uchrashib, klub muammolari haqida suhbatlashishgan.
«Barsa» prezidenti jamoaning hozirgi inqirozi sabablari to'g'risida bevosita bilishni istaydi.
Kuman atrofidagi keskinlik kuchaymoqda, chunki ham klub rahbariyati, ham muxlislar jamoaning mavsum yakunida yanada yaxshi o'yin namoyish etishini kutishmoqda.
Laporta murabbiy bilan muntazam aloqada bo'lib, uning yosh futbolchilarni tarkibga kiritishga tayyorligi, shuningdek, «Barselona»ni hujumkor o'yin uslubiga tushirish niyatida ekanligini qadrlaydi.
Shuning uchun klub rahbari bosh murabbiy masalasida shoshilinch qaror qabul qilmaydi.
13-May 2021,17:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0