«Barselona» «Manchester Siti» hujumchisi Serxio Aguero va «Lion» hujumchisi Memfis Depay bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Mundo Deportivoning xabar berishicha, argentinalik futbolchining Kataloniya klubiga o'tishi Depayni «Barsa»ga taklif qilish imkoniyatini istisno etmaydi.
Bugun klub prezidenti Xuan Laporta bilan uchrashadigan «Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Depayni jamoada ko'rishni istamoqda, chunki u nafaqat markaziy hujumchi sifatida, balki hujum qanotida ham harakat qila oladi.
Qayd etish joiz, joriy mavsumda Aguero APLda 11 o'yin o'tkazib, 2 gol urdi va 1 golli uzatmani amalga oshirdi. Depay esa Liga 1da 35 uchrashuv o'tkazib, o'z hisobiga 19 gol hamda 10 assist yozdirib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, ikkala futbolchi ham yozda erkin agentga aylanadi.
13-May 2021,17:50