11. Krishtianu Ronaldu (“Manchester Yunayted“ - “Real“, 94 mln evro, 2009 yil) Ronaldu “Real“ ga o'tganida, u allaqachon “Oltin to'p“ni qo'lga kiritib bo'lgandi. Ammo, u o'zidan kutilgan barcha ishni qildi. 438 o'yinda 450 ta gol urdi va bu aql bovar qilmaydigan statistika, faqat bitta salbiyroq narsa to'qqiz yil ichida atigi ikki marta Ispaniya chempionati g'olibligini qo'lga kiritganida. Bir narsa aniqki, madridliklargg shu davrgacha qilgan eng yaxshi transfer qaysi deyilgan savol qo'yilsa,ular hech ikkilanmay Ronalduni ko'rsatishlari kerak.
12. Gonsalo Iguain (“Napoli“ - “Yuventus“, 90 mln. evro, 2016) Muvaffaqiyatsiz transfer bo'lgan, deb bo'lmaydi,ammo muvaffaqiyatni belgilagan ham emas. Iguain “Napoli“da rekord darajada 36 ta gol urgan, ammo Turindagi ikki mavsumida kamroq gol urgan.Bir mavsumda 24 va ikkinchisida 16 ta. Keyinchalik u “Milan“ va “Chelsi“ da o'ynagan, “Yuve“ esa Ronalduga ishonishga qaror qilgan.
13. Harri Maguayr (“Lester Siti“ - “Manchester Yunayted“, 87 mln. evro, 2019) Yaxshi boshlanish, mavsumining ikkinchi yarmiga nisbatan muvaffaqiyatliroq ikkinchi mavsum. Ba'zida Maguayr qandaydir qo'pol futbolchi sifatida gavdalanadi. Bu tarixdagi eng qimmat himoyachi uchun g'alati, ammo jamoada ta'sirini oshirib bo'lmaydigan muhim o'yinchi. Va shunga qaramay, uning eng yaxshi mavsumi “Lester“ da o'tgan mavsum bo'lganligi haqida hech kim bahslasha olmaydi.
14. Romelu Lukaku (“Everton“ - “Manchester Yunayted“, 85 mln. evro, 2017) Lukakuga ishonch bildirilmagan “Chelsi“ dan tashqari, belgiyalik haqiqatan faqatgina “Yunayted“da yaxshi o'yin ko'rsata olmagan. “Anderlext“, “Vest Bromvich“, “Inter“ va Belgiya termasida u doimo yuqori formadagi darajasini ko'rsatib kelgan. Ammo “Yunayted“ ko'proq narsani kutgan. Biroq, inglizlar pullarini uning transferi orqali qaytarib ham olishgan. U jamoada ikki mavsum harakatlanib, umumiy 28 gol kiritgan.
15. Virjil van Deyk (“Sautgempton“ - “Liverpul“, 84,5 mln.evro, 2018) Shubhasiz muvaffaqiyat. “Liverpul“ u bilan shartnoma tuzganidan hech qachon afsuslanmaydi. Himoya chizig'ida haqiqiy tartibni yuzga keltirgan haqiqiy “qoya“. Gollandiyalik o'z pozitsiyasida dunyodagi eng zo'rlardan biri ekanligi haqida bahslashishning keragi yo'q. Buni faqatgina 2019 yilda u “Oltin to'p“ uchun ovoz berishda ikkinchi o'rinni egallagani ham tasdiqlaydi. Markaziy himoyachi uchun bu haqiqiy yutuq.
16. Luis Suares (“Liverpul“ - “Barselona“, 82,5 mln. evro, 2014) Suaresning shartnomasi u Kellinini tishlab olgandan keyin to'rt oyga chetlatilgandan so'ng sodir bo'lganligini hisobga olsak, “Barselona“ ning qarorini mardona bo'lgan, deb atash mumkin. Futbolchi o'z transferini oqlagan. Urugvaylik futbolchi nihoyatda yaxshi edi. Xatto “Oltin butsa“ni ham qo'lga kiritgan.
17. Romelu Lukaku (“Manchester Yunayted“ - “Inter“, 80 mln.evro, 2019) Bu erda Lukaku nafaqat o'zining eng yaxshi formasiga qaytdi, balki undan ham yuqori darajaga o'tib ketdi. A Seriyada 23 va Evropa Ligasida to'qqizta gol juda zo'r natija.Bu yilgi mavsumda esa jamoasiga “Skudetto“ni olib kelishda juda katta yordam berdi. Bu voqea uni yana bir bor top hujumchi deya atashga imkon beradi.
18. Nikolas Pepe (“Lill“ - “Arsenal“, 80 mln. evro, 2019) Pepeni bu pulga olob kelishganida hamma hayron qolishgan. Hech kim tanimaydigan futbolchi uchun “dahshatli“ narx. Jamoa kelgandan beri “Arsenal“ aytarli yutuqlarga erishganicha yo'q. Bunda faqatgina bir futbolchini ayblash qiyin. Chunki londonliklarda har yili nimadir o'zgarib turibdi.
19. Kepa Arrisabalaga (“Atletik“ - “Chelsi“, 80 mln.evro, 2018 yil) Xatto seyvlardan ko'ra paslari bilan tanilgan darvozabon uchun bunday narx absurd holat bo'lgan. “Chelsi“ kechira olmagaydigan xatolar qilgan Kepa jamoada hech qanday obro'ga ega chiqmasdan zahira o'rindig'iga mixlandi. Ushbu transfer London klubi uchun tarixdagi eng qimmat xatodir.
20. Luka Ernandes (“Atletiko“ - “Bavariya“, 80 mln. evro, 2019) U jamoaga yaxshi moslashib keta oldi,ammo to'pig'idagi jarohat uning debyut mavsumidagi taassurotlarini buzdi. Hozir u zahira futbolchisiga aylangan. U futbol tarixidagi eng qimmat uchinchi himoyachi o'rni uchun kuchsiz ko'rinadi.
O'yinchilarni har doim ham omadli yoki omadsiz deb belgilashingiz shart emas. Ba'zan ularni faqat yaxshi o'ynashining o'zi etarli bo'ladi.
Yuqoridagi futbolchilar ichidan haqiqatdada foydalilari bir nechtani tashkil qiladi,xolos. Ronaldu, van Deyk va Suares. Hatto Lukaku, Neymar va Mbappe haqida biron fikr bildirishga ertadek tuyilaveradi.
Ushbu transferlarning aksariyati bir-biriga bog'liq. 2017 yilda Neymarning “Barselona“dan ketishi Dembele va Koutinoga pul sarflashga majbur qildi, bu esa o'z navbatida “Liverpul“ ga van Deykni sotib olishga yordam berdi. Keyinchalik Grizmanning shartnomasi “matraschilar“ga Felishni jalb qilishga imkon berdi. Ronaldu va Lukaku ushbu ro'yxatda ikki marotaba paydo bo'ldi va bir xil narxda.
Hukm oddiy: super yulduzlarga katta miqdordagi pul sarflash har doim ham o'zini oqlamagan va ko'pincha siz pushaymon bo'lishingizga to'g'ri keladi. 15 yil oldin 80 million evro aql bovar qilmas narxga o'xshardi, besh yil oldin bu haqiqiy yulduzning narxi edi. Endi 80 million havoga sovurilgan pul bo'lib qolishi ham hech gap emas.
13-May 2021,19:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0