«Barcelona» rahbariyati takibni jiddiy yangilashni rejalashtirmoqda.
«Ko'k-anorranglilar» rahbariyati klubni 14 tagacha futbolchi tark etish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Ushbu mavsum oxirida «Barselona»ni tark etishi mumkin bo'lgan futbolchilar qatoriga Neto, Samuel Umtiti, Junior Firpo, Miralem Pyanich, Mateus Fernandes, Martin Braytveyt, Filippe Koutino va boshqalar kiradi.
«Barselona» bunday qaror pulni sezilarli darajada tejashga, shuningdek, ehtimol o'yinchilardan birini foydali sotishga olib keladi deb o'ylamoqda.
Klub tarkibni chuqur yangilash ularga kelasi mavsumda sovrinlar uchun kurashishga imkon beradi deb hisoblamoqda.
Ma'lumot o'rnida, ayni paytda «Barselona» 76 ochko bilan, Ispaniya chempionati jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. Jamoa etakchi «Atletiko» dan 4 ochkoga ortda qolmoqda.
15-May 2021,11:40
O'qildi: 56 - Fikirlar: 0