"Barselona" yozgi transferlar oynasi vaqtida himoyachi Samuel Umtitini sotmoqchi.
Marca xabariga ko'ra, Kataloniya klubi frantsuz futbolchisi ortidan 5-10 million evro atrofida pul ishlab olishni maqsad qilggan. Ma'lumotlarga ko'ra Umtiti "Barsa"da qolishni xohlaydi, ammo Kataloniya klubi rahbariyati uning fikriga qiziqib ko'rmaydi ham.
Bir necha kun oldin "Barselona" jamoasi vakillari Umtitiga ketishi kerakligini aytdi, chunki na klub va na murabbiy Ronald Kuman, frantsuzni jamoaga kerakli o'yinchi deb hisoblamaydi. Samuel jarohatlar va yomon sport formasi tufayli kam o'ynadi va "Barselona"ning eng ko'p maosh oladigan futbolchilar sakkiztaligiga kiradi.
2016 yil yozida Umtiti "Lion"dan "Barsa"ga 25 million evro evaziga ko'chib o'tgandi.
Futbolchi o'tgan mavsumda La Ligada 13 uchrashuv o'tkazgan.
14-Iyun 2021,16:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0