"Barselona" ustozi argentinalik hujumchining kelajagi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Ronald Kuman yangi mavsumda kataloniyaliklar kuchayishini va Lionel Messi faoliyatini "ko'k-anorranglilar" lagerida yakunlashi kerakligini aytdi.
«Bizning yaxshi istiqbollarimiz bor. Bilaman, klub o'tgan yilgidan yaxshiroq raqobatbardosh jamoani shakllantirish uchun astoydil harakat qilmoqda. Ro'yxat kuchliroq bo'lishiga aminman.
Biz har doim Messi faoliyatini "Barsa" da yakunlashi kerakligini aytganmiz. Umid qilamanki, bu muammo tez orada hal qilinadi. Men buning mumkinligiga ishonaman. Bu hamma uchun ajoyib yangilik bo'ladi », - deya Kumanning so'zlarini keltiradi Diario Sport.
Eslatib o'tamiz, Messining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga etadi. Shartnomani uzaytirish to'g'risida hech narsa ma'lum emas.
18-Iyun 2021,14:40