Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, «Barselona» prezidenti Laporta tarixiy transferni amalga oshirish niyatida.
Gap shundaki, kataloniyaliklar Krishtianu Ronaldu uchun birdaniga bir nechta futbolchilar bilan xayrlashishga tayyor.
Ular orasida Grizmann, Koutino va Serxi Robertolar «Yuventus»ga yuborilishi mumkin. «Barselona» shundagina Ronalduning maoshini to'lash uchun etarli mablag'ga ega bo'lishlari mumkin.
Biroq ispanlar hali bu borada rasmiy taklif bilan chiqishgani yo'q. Bu shunchaki Laportaning istagi xolos.
Oldinroq, «Barselona» 525 million evrolik kredit bo'yicha kelishuvni tasdiqlagan edi. Klubning qarzlari bir milliarddan ham oshib ketgan.
«Yuventus» Ronaldu uchun turli variantlarni qidirishda davom etadi. Klub endi futbolchiga 30 million evrodan ortiq maosh to'lashga tayyor emas.
21-Iyun 2021,19:10