Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Usman Dembele jarohati sabab Evro-2020ning qolgan o'yinlarida maydonga tusha olmaydi.
Jarohatining ayrim hususiyatlari va uning og'irligi darajasi haqida ma'lum bo'lgach, futbolchining do'sti, «Barselona» va Frantsiya terma jamoasidagi sherigi Antuan Grizmann uni ijtimoiy tarmoqlarda qo'llab-quvvatladi.
“Fintlar, gollar, jarohatlar bo'ladi ... lekin hammasidan ham odamiylik ustun! Sening yo'lingdagi yana bir to'siq, ammo sen jismonan ham, ruhan ham yanada kuchliroq qaytib kelasan! Evroni tark etayotganingni ko'rganimdan xafa bo'ldim, ammo yaqin orada yana biz bilan birga maydonda bo'lishingni bilaman «, - deb yozdi Grizmann Instagram sahifasida.
Dembele Grizmanga minnatdorchilik bildirdi va »Rahmat, aka" deya javob berdi.
22-Iyun 2021,12:10
O'qildi: 42 - Fikirlar: 0