Kataloniyaning "Barselona" jamoasining ikki futbolchisi Forbesning eng boy sportchilari ro'yxatiga kiritilgan.
Birinchisi, Kataloniya klubi sardori va etakchisi Lionel Messi. Futbolchi hali ham "ko'k-anorranglilar" bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmagan bo'lsa-da, mazkur ro'yxatda "Barsa" futbolchisi sifatida qayd etilgan. Ikkinchisi Martin Breytveyt. Jurnalda yozishicha, Daniya terma jamoasi hujumchisining AQShda bozor qiymati 250 million dollar bo'lgan kompaniyasi bor. Futbolchi amakisi bilan birga mazkur kompaniyaga egalik qiladi. Bundan tashqari, Breytveyt va rafiqasi o'zlarining "Trente" (frantsuz tilidan tarjima qilishda "o'ttiz" degan ma'noni anglatadi) deb nomlangan kiyim-kechak do'koniga, hamda Frantsiyaning Gavre shaharchasida joylashgan restoranga egalik qiladi.
Ushbu yozda Breytveytga APLning to'rtta klubidan takliflar bor, ammo forvard "Barselona"da o'ynashni davom ettirish, hamda klubning "qotil" hujumchilardan tashkil topgan etakchi futbolchilargan munosib qarshilik ko'rsatmoqchi.
7-Iyul 2021,23:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0