«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Lionel Messining klubdagi keyingi taqdiri haqida gapirdi.
«Messi bilan shartnoma masalasi hali hal bo'lmagani bois, tashvishlanishga to'g'ri kelyapti. Ammo bu muammoni Laporta hal qilishiga ishonchim komil. Chunki Messining jamoada qolishi nafaqat klub uchun, balki La Liga uchun ham juda muhim. Jahonning eng yaxshi o'yinchisi qo'l ostimizda bo'lishini istaymiz. U klubda qolishi uchun barcha ishni qilishimiz shart.
Laporta menga bu masalada tashvishlanmasligimni aytdi. Biz Leo bilan yana uzoq yillik kelishuvga erisha olishimizga ishonaman. Uning o'zi ham har doim «Barsa»da qolishni istayotganini bildirgan. Messi uchun faoliyatini boshqa klubda yakunlash to'g'ri ish bo'ladi, deb o'ylamayman», - deydi Kuman.
Avvalroq, futbolchi va klub o'rtasida muzokara davom etayotgani haqida xabar berilgandi.
9-Iyul 2021,17:30