Evroda ishtirok etayotgan o'yinchilar dam olayotgan paytda, 18 yoshli Pedri mavsumni davom ettirmoqda. Payshanba kuni «Barsa» yarim himoyachisi o'zining Olimpiadadagi debyutini o'tkazdi va Misrga qarshi maydonda to'liq harakat qildi.
Misrga qarshi Pedri Ispaniya tarkibida Evroda qatnashganlar orasida yolg'iz emas edi. Unai Simon (mavsumda 57 uchrashuv), Erik Garsiya (24), Pau Torres (58), Dani Olmo (62) va Mikel Oyarsabal (56) ham Olimpiadaga bordi.
Ammo Pedri uchun bu uning kattalar darajasidagi ikkinchi to'liq mavsumi, shuning uchun uning bu natijasi alohida ahamiyatga ega.
Pedri o'ynalgan daqiqalar bo'yicha Evropada etakchilardan biri hisoblanadi (umumiy ro'yxatda 11-o'rin, ispanlar orasida uchinchi o'rin). Ispaniya terma jamoasi uchun faqat Unai Simon va Eymerik Lyaport (markaziy himoyachi) ko'proq o'ynadi.
Pedri Evroda barcha 6 uchrashuvda maydonga tushdi va uning o'rniga faqat chorak finalning 119-daqiqasida Rodrigo maydonga tushgan edi.
Bundan tashqari, Pedri bosib o'tilgan masofa bo'yicha Evro-2020 uchligida - 76,1 km (ispanlar orasida eng yaxshisi).
O'tgan yozda Las-Palmasdan kelgan yarim himoyachi bir yil ichida nima qilganini ko'rib chiqamiz. Keling, 2020 yil 3 sentyabrni boshlang'ich nuqta sifatida qabul qilaylik - o'sha kuni Pedri Shimoliy Makedoniya U-21 ga qarshi 20 daqiqa harakat qildi:
Barselona: 52 o'yin (La Liga - 37, Ispaniya kubogi - 6, Ispaniya Superkubogi - 2, Chempionlar Ligasi - 7).
Ispaniya terma jamoasi: 10 ta uchrashuv (6 ta Evro, 3 ta JCh-2022 saralashi, 1 ta o'rtoqlik uchrashuvi).
Ispaniya U-21: 4 ta o'yin (U-21 Evropa chempionatining 4 ta saralash bosqichi)
Olimpiya jamoasi: 1
Hammasi bo'lib: 67 ta uchrashuv, 49 ta asosiy tarkibda.
Ha, har ehtimolga qarshi: futbol bo'yicha Olimpiada musobaqasining finali 7 avgust kuni va 15 avgustda «Barselona» La Ligada «Real Sosedad»ga qarshi bahs bilan mavsumni boshlaydi.
To'g'ri, Pedri u erda o'ynashi dargumon. Kataloniya klubi bu u uchun og'ir yuk bo'lishini biladi va hattoki uni Tokiodagi o'yinlarga chaqirmaslikni ham iltimos qilishgan edi, faqat Ispaniya futbol federatsiyasi buni rad etdi.
Bir paytlar Messini Pekin-2008ga yuborgan Pep Gvardiola ham Pedrining jadvalini ortiqcha deb biladi: «Baribir yozgi musobaqa ortiqcha. Messi 2008 yilgi Olimpiadaga bordi, chunki o'shanda u na Jahon chempionatida, na Amerika kubogida qatnashmagan edi", - dedi Gvardiola.
18 yoshli futbolchi o'zi uchun katta mavsumni o'tkazdi va hamon davom ettirmoqda. Uning nafaqat maydondagi foydali harakatlari, balki, jismoniy holati ham taqsinga sazovor.
25-Iyul 2021,16:50