«Barselona» bosh ijrochi direktori Mateu Alemani himoyachi Samuel Umtiti va yarimhimoyachi Miralem Pyanichning transferga qo'yilishini tasdiqladi.
«Barselona»ning barcha futbolchilari o'zlarining holatlarini tushunishadi. Bu ikki futbolchi murabbiyning fikri va bizning imkoniyatlarimizni bilishadi. Biz hurmat bilan ularning agentlari bilan aloqa qilamiz, ularni qo'yib yuborishga tayyormiz», - deya Alemani so'zlarini keltirmoqda «Football Espana» nashri.
Eslatib o'tamiz, «Barsa» bu ikki futbolchini katta maoshlari tufayli sotishga tayyor. Boz ustiga, ular murabbiylar shtabi rejalariga kiritilmagan.
O'tgan mavsumda Umtiti 16 uchrashuvda ishtirok etdi. Pyanich 30 ta o'yin o'tkazdi. Ikkala o'yinchi ham mavsum davomida birorta samarali harakat amalga oshirmagan.
27-Iyul 2021,13:50