«Barselona» himoyachisi Jordi Alba Kataloniya klubini tark etgan Lionel Messi bilan xayrlashdi.
«Bu to'qqiz mavsumni sen bilan o'tkazish qanday sharafli, biz qanday ajoyib daqiqalarni boshdan kechirdik va qanday qiyin lahzalarni engib o'tdik.
Men 2005 yilda «Kamp Nou»da «Albasete»ga qarshi birinchi golingni ko'rish baxtiga muyassar bo'ldim va men keyinchalik hech qachon bunday yaqin aloqaga ega bo'laman deb o'ylamagan edim - bir qarashda biz bir-birimizni tushunadigan darajaga chiqdik.
Sen nafaqat futbol tarixidagi eng buyuk futbolchi, balki ajoyib insonsan ham. Do'stim, klubga bergan hamma narsang, do'stliging, qorong'u kunlarda qo'llab-quvvatlaganing, xotiramizda abadiy saqlanib qolgan buyuk lahzalar uchun chin yurakdan rahmat.
Senga va butun oilangga yangi sarguzashtlarda omad tilayman»,- deb yozdi Alba o'z Instagramida.
7-Avgust 2021,10:00
O'qildi: 56 - Fikirlar: 0