Lionel Messi «Barselona» bilan xayrlashdi. Argentinalik futbolchi klub bilan yangi shartnoma borasida kelishib olgandi, ammo La liganing moliyaviy feyr-pley qoidasi tufayli ushbu shartnomani ro'yxatdan o'tkazilmadi.Sizda savol tug'ilgan bo'lishi mumkin: "Nima uchun Messi yana ham kamroq maoshga, ana boringki, tekinga o'ynashga rozi bo'lmadi?".Leoning o'zi maoshining ikki baravar kamaytirilishiga rozi bo'lganini ta'kidladi: "Men maoshimning 50 foizga kamaytirilishiga rozi bo'ldim. Mendan bundan ortig'ini so'rashmadi. Mendan maoshimning yana 30 foizidan voz kechishni so'rashgani haqidagi gap-so'zlar esa yolg'on. Bunday narsa ro'y bermadi. Jamoada qolish uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qildim, ammo qolishning imkoni bo'lmadi. Men muxlislar bilan hamisha ochiq munosabatda bo'lganman. Mish-mishlar ko'p, ammo ularning aksariyati yolg'on».Aslida esa «Barsa» Messining maoshini yanada kamaytirish imkoniyatiga ega emas edi. Gap hattoki La ligada ham emas, balki Ispaniyaning bandlik haqidagi qonunida. Futbol jurnalisti Kolin Millar esa qonunchilikning ushbu bandi bilan o'rtoqlashdi. Uning ko'ra, yangi mehnat shartnomasidagi maosh avvalgisining kamida 50 foizini tashkil qilishi kerak. Ushbu qoida moliyaviy qallobliklarning oldini olish maqsadida joriy qilingan.Bunday qoida borligidan hattoki ispaniyalik muxlislarning ham xabar yo'q edi. Chunki, ko'p hollarda bu qoida bilan to'qnash kelinmaydi. Messi esa ushbu qoida qurboniga aylandi."Barsa" Messiga 50 foiz miqdorida maosh to'laganda ham La liganing moliyaviy halol o'yin qoidasini buzadigan bo'ldi, maoshning undan ham kamaytirilishiga esa Ispaniya qonunchiligi yo'l qo'ymadi.
Bundan esa "PSJ" unumli foydalanib qoladigan bo'ldi.
8-Avgust 2021,23:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0