"Barselona" sobiq bosh murabbiyi Kike Seten Kataloniya klubidagi faoliyati haqida gapirdi.
"Men "Barsa"ga murabbiy bo'lishga rozi bo'ldim, chunki bu-hayotda bir marta bo'ladigan imkoniyat. Lekin klubda qiyin paytlar bo'lgan. "Barselona"ga kelganimda, men hayratda qoldim. 40 yil davomida men bunaqasini uchratmaganman. Jamoa yaxshi muhitda emas edi. Bu klubda men oldin ko'rgandek narsa yo'q edi. Biz chempionlikni boy berdik va kimdir mening aybim deb aytishi mumkin. Men o'z mas'uliyatimni bilaman, lekin mening o'rnimda istalgan murabbiy muvaffaqiyatsiz bo'lardi", - deydi murabbiy Mundo Deportivo nashriga.
Eslatib o'tamiz, Seten 2020 yilning yanvaridan avgustigacha "Barsa"ni boshqargan. Uning rahbarligi ostida "ko'k-anorranglilar" "Real"ga chempionlik poygasida yutqazdi. Chempionlar Ligasida ea "Bavariya"ga sharmandali 2:8 hisobida mag'lub bo'lgan.
12-Avgust 2021,12:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0