"Barselona" yarim himoyachisi Serxi Roberto jamoa futbolchilari maoshni qisqartirishdan bosh tortgani haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
"Biz ish haqini pasaytirishdan bosh tortganimiz haqidagi ma'lumotlar mutlaqo yolg'on. Biz o'z roziligimizni berdik va butun jamoa darhol klubga yordam berishga tayyor edi. Biz hamkorlik qilishni va "Barselona"ga moliyaviy barqarorlikni tiklashga yordam berishni xohlardik.
Laporta "Barselona" rahbarligini qabul qilib olgach, biz darhol maoshni qisqartirishga tayyor ekanligimizni e'lon qildik. Balki, yozda barcha e'tibor Messi bilan muzokaralarga qaratilgandir, lekin vaqt o'tdi va men ishonamanki, biz futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olamiz. Biz birinchi daqiqalardanoq hamkorlik qildik va har doim yordam berishga tayyor edik", - deydi Roberto.
14-Avgust 2021,19:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0