2021-22 mavsum ham start oldi. Evropa top-5 chempionatlarida allaqachon bir qator qiziqarli o'yinlar bo'lib o'tdi. Yozgi transferlar oynasida yangi xaridlarni amalga oshirgan klublar safida yangi futbolchilar allaqachon maydonga tushib ulgurdi. Keling, yangi jamoasining ilk o'yinlarida ajoyib taasurrot qoldirgan futbolchilarga to'xtalib o'tamiz.
Xakan Chalxanoglu ("Inter")
Italiya A Seriyasining ayni damda bir turi ortda qoldi. Birinchi turda sobiq chempion "Jenoa"ni yirik 4-0 hisobida mag'lub etdi. "Milan" safida ko'p mavsumlar o'tkazgan Chalxanoglu yozda "neradzuri" safiga erkin agent sifatida kelib qo'shildi va birinchi o'yinidayoq gol urishga muvaffaq bo'ldi. Turkiyalik futbolchi kamyob turdagi yarimhimoyachilardan hisoblanadi. O'ylashimcha, u "Inter"da albatta, o'z o'yinini topadi va jamoa etakchilaridan biriga aylana oladi.
Jek Grilish ("Manchester Siti")
"Aston Villa" klubi etakchisi bo'lgan Jek Grilish yozgi transferlar oynasida "Manchester Siti" klubiga 117 million evro evaziga kelib qo'shildi. U uchun chindan ham katta pul sarflandi va "shaharliklar" bu borada tavakkal qildi. Ilk o'yinda angliyalik yarimhimoyachi "shporlar"ga qarshi maydonga tushdi. Debyut bahsda u va jamoasi gol ura olmay, "Tottenxem"ga mag'lub bo'ldi, ammo ikkinchi o'yinda "Manchester Siti" "Norvich"ni 5-0ga mag'lub etdi va bu o'yinda Grilish o'zining yangi jamosidagi ilk golini urdi. Bu shunchaki kichik muvaffaqiyat. Undan hali ko'p narsa talab etiladi.
Memfis Depay ("Barselona")
Lionel Messi "Barselona"ni tark etdi va endi ko'p narsalar avvaligdek bo'lmaydi. Endi bu klubga uning o'rnini bosa oladigan etakchilar kerak. Aguero, Depay kabi futbolchilar yozda "ko'k-anorranglilar" safiga kelib qo'shildi. Ulardan endi ko'p narsa kutilayotgan bir paytda, argentinalik futbolchi jarohat oldi. Grizmanni ham endi yaxshi o'yin ko'rsatib ketishi aytilayotgan edi. Ikki tur yakunida biz o'sha-o'sha Antuanni ko'rmoqdamiz. Depay esa Kataloniya klubi safida ilk ikki o'yinni ajoyib tarzda o'tkazdi. Birinchi turda o'z hisobiga assist yozdirib qo'ygan niderlandiyalik futbolchi, "Atletik"ga qarshi bahsda o'z goli bilan jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. Menimcha, u yangi lider bo'lish uchun yaxshi nomzod. Eskisi kabi bo'la olmasa ham, harna-da.
Romelu Lukaku ("Chelsi")
Italiyani yondirib tashlagan Romelu yana Angliyaga qaytdi. "Chelsi" 115 million evro sarflab, belgiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib oldi. "Men hech narsani isbotlagani qaytmadim. Shunchaki, futbol o'ynagani qaytdim", - dedi uning o'zi. Ha, u porfessional va o'z ishini ustasi. Ilk turda 28 yoshli forvard maydonga tusha olmadi, ammo ikkinchi turda London derbisida tushib, gol urib, o'z jamoasining muvaffaqiyatiga katta hissa qo'shdi. Men "aristokratlar"ni tabriklayvergan bo'lar edim. Ularda bir mavsumda 30 ta golni indamay ura oladigan futbolchi bor.
Abraxam va Shomurodov ("Roma")
BU o'ringa "Roma" xarid qilgan ikki futbolchini qo'yishni afzal ko'rdim. Ha, Shomurdov o'rtoqlik o'yinida, Konfederatsiyalar kubogi doirasidagi o'yinda va A Seriya ilk turida ham o'z hisobiga samarali harakat yozdirib qo'ydi. Abraxam esa ilk "Fiorentina"ga qarshi bahsning o'zidagina maydonga tushdi, ammo u ham 2 ta assist muallifi bo'ldi. Ko'pchilik yangi mavsum "bo'rilar" hujum chizig'ida raqobat vujudga kelishini kutmoqda. Kimdirlar ularning birgalikda harakat qilishini xohlaydi. Men ham 2-variant tarafdoriman. Shu tufayli, men Mourinodan farqli o'laroq ular ikkalasini yonma-yon qo'yishni afzal ko'rdim.
Xudayqulov KARIM tayyorladi
24-Avgust 2021,17:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0