«Barselona» klubi rahbariyati bosh murabbiy Ronald Kuman bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara boshladi.«Ko'k-anorranglilar» prezidenti Joan Laporta ikki hafta avval niderlandiyalik mutaxassisning agenti bilan ushbu masalani muhokama qilish maqsadida uchrashdi.Laporta shartnomani uzaytirish uchun bir nechta shartlarni qo'ydi. Birinchidan, «Barselona» mavsum davomida barqaror yaxshi o'yin namoyish etishi kerak.Ikkinchidan, Kumandan sovrinlar kutiladi. Asosiy e'tibor La Liga va Evropa chempionlar ligasiga qaratilishi zarur.Uchinchidan, Kuman rahbariyat tomonidan belgilangan strategiyani qo'llab-quvvatlashi kerak. Ushbu talablar orasida Rikard Puchning rivojlanishi va Samuel Umtitining formasini tiklab olishi kabi ishlar ham bor.Kumanning amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.
1-Sentyabr 2021,22:20