"Barselona"dan "Tottenxem"ga qo'shilgan himoyachisi Emerson, dastlab klubini o'zgartirmoqchi emasligini tan oldi."Men klubni tark etmoqchi emasdim, menimcha, ular meni tark etmoqchi bo'lishdi. Yakshanba kuni men asosiy tarkib bilan mashg'ulotlarga kirishdim. Keyin men nimadir bo'layotganini payqadim. Ma'lum bo'lishicha, "Tottenxem" va "Barselona" o'rtasidagi muzokaralar bo'layotgan ekan. Avvaliga, nima bo'layotganini tushunmadim va hech narsani bilmasdim. Kunning ikkinchi yarmida ular meni chaqirishdi. Keyin esa meni sotmoqchi ekanliklarini aytishdi.Men rahbariyat bilan uchrashdim. Ular klubdagi vaziyat unchalik yaxshi emasligini aytishdi. Men qolishni xohlayotganimni takrorladim, chunki men "Barselona"da o'ynashni orzu qilardim. Ammo keyin tushundimki, mening so'zlarim muhim emas - ular baribir meni baribir sotishadi. Hammasi shunday bo'lganidan xafa bo'ldim. Klub boshqacha yo'l tutishi mumkin edi",- deya Emersonning so'zlarini keltiradi Marca nashri. Eslatib o'tamiz, futbolchining transfer summasi 25 million evroni tashkil qildi. Braziliyalik futbolchi "shporlar" bilan 2026 yilgacha shartnoma imzoladi.
3-Sentyabr 2021,16:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0