"Barselona" "Leyptsig" yarimhimoyachisi Dani Olmo bilan kelishuvga erishdi. Nemis klubi kataloniyaliklarga transfer oynasining oxirgi kunida, klublar o'rtasidagi shartnoma narxi bo'yicha muloqotga parallel ravishda, o'yinchi bilan muzokara o'tkazishga ruxsat berdi. 23 yoshli futbolchi "Barsa"dagi maoshi "Leyptsig"dagidan kamayishi bilan birga 5 yillik shartnomaga rozi bo'ldi. Shaxsiy va jamoaviy yutuqlar uchun bonuslar shartnomada ko'rsatilgan, deb xabar beradi Mundo Deportivo nashri. "Barsa" yozgi transfer oynasida bitimni yakunlashga ulgurmay qolgan. Ma'lum bo'lishicha, "Barsa" Olmo uchun 58 million evro bermoqchi bo'lgan, biroq "Leyptsig" 75 million atrofidagi summani talab qilgan. Shuning uchun ushbu bitim amalga oshishi kechikdi. Manbada aytilishicha, "ko'k-anorranglilar" futbolchini 2022 yilda sotib olmoqchi.
3-Sentyabr 2021,15:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0