"Barselona" prezidenti Joan Laportaning aytishicha, yarim himoyachi Aleks Kolyado faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin.Shuningdek, uning so'zlariga ko'ra, 22 yoshli futbolchini Turkiyadagi klublardan biri ijaraga olishi ham mumkin."Kolyado ajoyib yigit, u Rikard Puch kabi iste'dodga ega", - deya Laport so'zlaridan keltirdi Marca nashri. - "Biz uni "Bryugge" klubiga ijaraga bermoqchi edik. Biroq,"Bryugge" uni to'liq sotib olishni istadi. Shuning uchun Kolyado bu taklifni rad etdi. Chunki u "Barselona"da muvaffaqiyat qozonishni istaydi. Endi biz uning mashg'ulot o'tashini emas, balki o'ynashini xohlaymiz. Rossiya va Turkiyada transfer bozori hali yopilmagan", - deydi "barssa" xo'jayini.
Ma'lum bo'lishicha, futbolchiga Moskvaning TsSKA klubi qiziqish bildirmoqda. Manbaa aytilishicha, klub uni ijaraga olmoqchi.O'tgan mavsumda Kolyado "Barselona"ning ikkinchi jamoasi safida 22 o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urdi.
7-Sentyabr 2021,18:50