«Barselona» o'tgan yozgi transferlar oynasida katta yo'qotishga uchradi. Jamoaning yuragi, sardori, etakchisi Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirish ishlari kutilganidek bo'lmadi va La Liga qoidalariga zid kelgani uchun argentinalik afsungar deyarli 20 yillik faoliyatidan keyin Kataloniya klubini tark etishga majbur bo'ldi.
Messining o'rnini bosishning iloji bo'lmasa ham klub rahbariyati hujum chizig'i uchun Memfis Depay, Serxio Aguero, Lyuk de Yong va Yusuf Demir kabi futbolchilar bilan to'ldirishga harakat qildi. Bundan tashqari, markaziy himoyaga "Manchester Siti"dan Erik Garsiya olib kelindi. Yana bir xushxabar, Ansu Fati 9 oylik tanaffusdan keyin yana safga qaytdi va unga 10-raqam ishonib topshirildi.
Demak, «Barselona» klubining Chempionlar Ligasi yangi mavsumi uchun qaydnomasi bilan tanishamiz.
Darvozabonlar: Inaki Pena, Netu, Mark-Andre ter ShtegenDarvoza chizig'ida shubhasiz ter Shtegen bo'lishi kutilmoqda. Unga jarohat etmasa yoki biror boshqa bir sabab bo'lmasa mavsumni germaniyalik posbon asosiy tarkibda o'tkazadi. Netu zaxira darvozaboni sifatida qayd etilishi mumkin.
Himoyachilar: Xordi Alba, Ronald Arauxo, Serjino Dest, Erik Garsiya, Klemen Langle, Oskar Mingeza, Xerar Pike, Samuel Umtiti
Himoya chizig'ida Xordi Alba va Serjino Dest qanotlar uchun mas'ul bo'lishsa, markaz Pike va Langle yoki jamoaning yangi a'zosi Erik Garsiyaga ishonib topshirilishi mumkin. Arauxo, Mingesa muqobil qanot himoyachilari hisoblanishadi va Umtiti ham zaxira varianti sifatida ko'rilsa ajab emas.
Yarim himoyachilar: Serxio Buskets, Frenki de Yong, Riki Puch, Serxio Roberto, Pedri, Filippe KoutinoYarim himoyada rang-baranglikni ko'rishimiz mumkin. Tajribali Buskets, yuqori texnikaga ega de Yong, mehnatkash va jamoaning etakchisi sifatida ko'rilayotgan Pedri, o'zining avvalgi formasiga qaytishga intilayotgan Koutino, Riki Puch va Roberto. Yarim himoyadagi bo'shliqni Pedri yopib ketishga harrakat qilib ko'radi. Koutinyoning ham o'yini chiqsa, uni to'xtatib qolish oson bo'lmaydi.
Hujumchilar: Serxio Aguero, Ansu Fati, Martin Breytueyt, Lyuk de Yong, Usmon Dembele, Yusuf Demir, Memfis Depay.
Hujumchilar ko'p... Lekin hamma gap sifatda, sonda emas. Hurmatni saqlagan holda aytish mumkinki, Breytueyt, de Yong «Barselona» darajasiga mos top hujumchilar emas. Istiqbolli ko'rinayotgan Demir haqida xulosa qilishga erta. Fati jarohatidan endigina qaytib, mashg'ulotlarga kirishgan. Eng yuqori formada faqat Memfis Depay bo'lib turibdi. Turkiyaga qarshi bahsda xet-trikka erishgan 27 yoshli forvard «Barselona»ning asosiy forvardiga aylansa kerak. Serxio Aguero va Usmon Dembele jarohatga moyil futbolchi bo'lib qolishgani sir emas.
Bu mavsumda «Barselona»dan juda ham yuqori natijalar kutilmayapti. Biroq, ko'plab mo''jizalar mana shunday kutilmagan vaqtlarda sodir bo'lishini barchamiz yaxshi bilamiz.
8-Sentyabr 2021,12:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0