OK Diario nashri xabariga ko'ra, "Liverpul" klubi rahbariyati ispaniyalik 18 yoshli yarimhimoyachi Pedrining o'yinini kuzatmoqda va kelasi yozda uning shartnomasini 100 million evroga sotib olishni rejalashtirmoqda. Pedri 2020 yil "Las-Palmas"dan 20 million evro evaziga ko'chib o'tgan. Debyut mavsumida yosh ispan nafaqat "Barselona", balki Ispaniya terma jamoasi tarkibida ham ajoyib o'yinlar o'tkazdi. Ammo, "ko'k-anorranglilar"ning shartnomasi 2022 yilning yozida tugaydigan Pedrini qo'yib yuborishi ehtimoldan yiroq. Chunki, kataloniyaliklar shartnomani yana ikki mavsumga uzaytirish imkoniyatiga ega.Bundan tashqari, "Barsa" 500-700 million evro miqdoridagi tovon puli evaziga, futbolchi bilan yangi shartnoma tuzish uchun muzokaralarni davom ettirmoqda.
9-Sentyabr 2021,17:10