Kataloniya politsiyasi «Barselona» klubining sobiq prezidenti Jozep Bartomeuning yordamchisi Jaume Masferreraning uyida tintuv o'tkazdi. "Cadena SER" tarqatgan xabarga ko'ra, sobiq rahbar jamoa futbolchilarini obro'sizlantirishga aloqadorligi haqidagi dalillar topilgan. Ushbu mojaro 2020 yilda ro'y bergan bo'lib, u "Barsageyt" nomini oldi.Topilgan hujjatlarga ko'ra, Tvitter ijtimoiy tarmog'idagi kamida 4ta profil Bartomeuning topshirig'iga ko'ra futbolchilarni tanqid qilish maqsadida ishlatilgan. Hozirda esa ular blokirovka qilingan.Bundan tashqari, Masferrer ijtimoiy tarmoqlar orqali o'yinchilarni obro'sizlantirish maqsadida "Barsa" va "I3 Ventures" kompaniyasi o'rtasida tuzilgan shartnomani audit qilgan "Price Waterhouse Coopers" kompaniyasiga aloqador ekanini isbotlovchi hujjatlar qo'lga kiritilgan. O'shanda audit tekshiruvi "Barselona" o'z o'yinchilariga hujum uyushtirganini tasdiqlamagan, ammo tuzilgan shartnoma bozor narxidan ancha baland ekanini tan olgan.Ma'lumot o'rnida. 2020 yilning fevral oyida Bartomeu tushib borayotgan o'z imijini ko'tarish maqsadida turli ijtimoiy tarmoqlar orqali o'zini maqtash va futbolchilarni tanqid qilish kampaniyasini olib borgan. Tanqidga uchragan o'yinchilar orasida hujumchi Lionel Messi, himoyachi Jerar Pike va "ko'k-anorranglilar"ning boshqa futbolchilari bor edi.Bartomeu esa bu voqeaga aloqador ekanini rad qilib kelgan. Shundan so'ng klub boshqaruv kengashining bir qator a'zolari iste'foga chiqishgan edi.
14-Sentyabr 2021,12:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0