Sport nashrining xabar berishicha, Kataloniyaning «Barselona» klubida yordamchi murabbiy bo'lib ishlaydigan Yordi Kroyf klubning hozirgi bosh murabbiyi Ronald Kumanni o'rnini egallashdan bosh tortdi.Eslatib o'tamiz, «Barselona»ning ishonchsiz o'yinlari tufayli, klub rahbariyati Kumanga sinov muddati berdi. Agar jamoa keyingi 4-turda yaxshi o'yin ko'rsata olmasa, gollandiyalik mutaxassis iste'foga chiqishga majbur bo'ladi.Ba'zi manbalarning ta'kidlashicha, Yordi Kroyfga Kumanning o'rinbosari bo'lish taklif qilingan, ammo u rad javobini bergan.Ronald Kuman va «Barselona» o'rtasidagi amaldagi shartnoma kelasi yozgacha tuzilgan. Eslatib o'tamiz, Chempionlar Ligasi guruh bosqichining birinchi turida «ko'k-anorranglilar» «Bavariya»dan yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi (0:3).
18-Sentyabr 2021,15:10