Simeonening aytishicha, u Flikning ishidan hayratga tushgan

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone «Barselona» ustozi Xans-Diter Flik haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Bugun «matraschilar» Ispaniya Kubogi yarim finalining dastlabki uchrashuvida o'z maydonlarida «ko'k-anorranglilar»ni qabul qilishadi.
«Flikka qoyil qolish kerak, chunki u yuqori himoya chizig'i bilan o'ynashda davom etmoqda, «bo'g'ib qo'yuvchi» pressingga urg'u bermoqda va o'z futbolchilarini shunday xavfli uslubda o'ynashga muvaffaqiyatli ishontira olmoqda», — dedi Simeone matbuot anjumanida.
Jamoalar o'rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da boshlanadi. Javob uchrashuvi 3 mart kuniga rejalashtirilgan.
Xans-Diter Flik 2024 yilning yozida «Barselona» boshqaruvini qo'lga olgan edi.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (320/+0)
Yangiliklar (37941/+18)
UzFIFA Yangiliklari (19.05.2026)
Futbol TV Yangiliklari (19.05.2026)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1864)
Eng ko'p o'qilgan
16-May
19:00
14-May
20:40
12-May
18:00
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)





576