CIES Football Observatory Weekly Post haftaligi Evropaning top-5 ligalarida 2021/22 yilgi mavsum uchun o'z bashoratlarni taqdim etdi.Prognoz o'yinchilar tajribasi, tarkibni shakllantirish uchun sarflangan mablag'lar va har bir jamoaning o'tgan yilgi ko'rsatkichlarini o'z ichiga olgan statistik ma'lumotlarga asoslangan.Angliya premer-ligasi-2021/2022APLda kuchli to'rtlik o'tgan mavsumdagidek bo'ladi, ya'ni «Manchester Siti» yana «oltin» oladi. "Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Chelsi" kuchli to'rtlikka kirsa, «Tottenxem» esa yana «Everton»ni ortda qoldirib beshinchi bo'ladi. «Norvich», «Uotford» va «Nyukasl» jamoalari APLdan tushib ketish uchun eng «munosib» nomzodlardir.Ispaniya La ligasi-2021/20222020/21 yilgi mavsumdan farqli ravishda Ispaniyada kim chempion bo'lishi mumkinligi borasidagi taxmin o'zgargan. «Real» «Atletiko» va «Barselona»ni ortda qoldirgan holda La ligada g'olib chiqishi taxmin qilindi. "Sevilya" kuchli to'rtlikka kirishi kutilmoqda.Italiya A seriyasi-2021/2022Italiyada «Inter» «Napoli» va «Milan»ni ortda qoldiradi, "Roma" kuchli to'rtlikka qiradi. «Yuventus» esa "Atalanta"dan pastda qolgan holda atigi oltinchi bo'ladi.Germaniya Bundesligasi-2021/2022"Bavariya" bu safar ham chempionlikni hech kim bermasligi taxmin qilinmoqda. «Volfsburg» katta ehtimol bilan Bundesligada «Borussiya» Dortmund va «Bayer» Leverkuzen klublarini ortda qoldirib 2-o'rinni egallashi mumkin.Frantsiya Liga-1Frantsiya turnir jadvalida «PSJ» bir yillik tanaffusdan keyin yana oltin medallarni qo'lga kiritishi kutilmoqda. Keyingi pog'onalarni «Marsel», «Lion» va «Monako» band etigi taxmin qilindi. Amalda chempion "Lill" esa 5-o'rinda qolib ketadi.
22-Sentyabr 2021,09:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0