Kuman: "Unga ko'proq o'yin amaliyoti berishga harakat qilamiz"
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasidagi "Benfika"ga qarshi o'yin oldidan vinger Ansu Fatining holati haqida to'xtaldi.
"Kecha unda charchoq alomatlari sezildi. Uning qaytishi esa o'ziga kuchli emotsional ta'sir ko'rsatdi. Bunday vaziyatda psixologik muammolar qanday ta'sir qilishi mumkinligini yodda tutishimiz kerak.
Bugun u hech bir muammosiz shug'ullandi. Unga ko'proq o'yin amaliyoti berishga harakat qilamiz. Biroq barchasi uning jismoniy holatiga bog'liq.
Men har o'yindan oldin unga to'p tepishi uchun qancha vaqt taqdim qilinishini aytolmayman", – dedi niderlandiyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Fati tizzasidan olgan jarohatidan 10 oy o'tib, 26 sentyabr kuni La Liga doirasidagi "Levante"ga qarshi o'yinda (3:0) maydonga qaytdi va gol urishga ham ulgurdi.
BestMaster
28-Sentyabr 2021,19:30
28-Sentyabr 2021,19:30
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30185/+21)
UzFIFA Yangiliklari (22.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (22.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
15-Noyabr
13:42
18-Noyabr
18:10
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)