Agarda "Barselona" EChLda guruhdan chiqa olmasa, Kuman iste'foga chiqariladi
Ronald Kumanning "Barselona"dagi taqdiri so'roq ostida qolmoqda.
"Goal" xabariga ko'ra, agarda "Barsa" EChLda guruhdan chiqa olmasa, Ronald Kumanning javobi beriladi.
Insayder Matteo Morettoning yozishicha, "Barselona" ayni damda bosh murabbiy qidirish bilan band. Agarda rahbarlar yaxshi mutaxassis topa olsa, termalar tanaffusi vaqtida ham Kumanga iste'fo berilishi mumkin.