"Juda katta ishonch bilan uchrashuvga etib keldik va uchrashuvning boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapmiz. Biz dunyoning eng kuchli raqiblaridan biriga qarshi o'ynaymiz. "Bavariya" - ayni damda jahonning eng yaxshi jamoalaridan biri, undan tashqari, safarda o'ynaymiz. Bu holatni yanada qiyinlashtiradi. G'alabaga erishsak, davom etamiz. Demak, bu final.
Tarix bizning Myunxenda g'alaba qozonmaganimizni aytmoqda. "Bavariya"ga qarshi o'yinlar qiyin o'tgan. Tarix esa o'zgartirish uchun kerak.
Kurashishga tayyormiz deb o'ylayman, biroq bu "Bavariya" bilan bo'layotgani - eng yaxshi stsenariy emas. Umid qilamanki, "Bavariya"ga mag'lub bo'lsak, ruxan sinib qolmaymiz. "Bavariya" qiyin raqibligini bilamiz, ammo ularni mag'lub etishga urinib ko'ramiz.
Barchasi o'zimizga bog'liq. Shu sababli "Bavariya"ni mag'lub etsak, mo''jiza deb hisoblamayman. "Barsa" istalgan raqibni yutishi shart", - dedi Xavi.
8-Dekabr 2021,23:45
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0