“Arsenal” muxlislari, oxirgi 4 yil ichida Londonni men va oilam uchun uyga aylantirganingizdan minnatdorman. Ko'tarilish va pasayishlarni birga boshdan o'tkazdik hamda qo'llab-quvvatlashingiz men uchun ko'p narsani anglatardi. Kuboklarni qo'lga kiritish va klub sardori bo'lish sharafi qalbimda abadiy saqlanib qoladi. Bor e'tiborimni doimo 100 foizga mazkur klub uchun qo'limdan kelganini qilishga qaratganman, shu tufayli xayrlashish og'riqli, ammo bu futbol. Oxirgi bir necha hafta davomida jamoadoshlarimga yordam berish imkoniga ega bo'lmaganimdan afsusdaman, ammo bu klubni faqat xurmat qilaman va boshqa hech narsa yo'q hamda yigitlarga va muxlislarimga chin dildan kelgusida eng yaxshi va muvaffaqiyatli yillarni tilab qolaman. Muhabbat ila Auba!”, deya sahifasiga yozgan gabonlik.
2-Fevral 2022,09:15
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0