Usmon Dembele yozda erkin agent sifatida London klubiga o'tishi mumkin
Bu haqda "Sky Sports" xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “Chelsi” “Barselona” a'zosi Usmon Dembelega bo'lgan qiziqishini saqlab qolmoqda.
Vingerning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda o'z nihoyasiga etadi. Shu tufayli, 24 frantsuz boshqa klublar bilan muzokaralar o'tkazish huquqiga ega.
Avvalroq, “Barsa” Dembeleni boshqa klubga transfer qilish bo'yicha kelishuvga erisha olmagandi. Usmon 2021/22 yilgi mavsum tugagach, jamoani erkin agent sifatida tark etadi.