Boshqa top-klublar bilan raqobatga qaramasdan, kataloniyaliklar hali ham Dortmundning "Borussiya" jamoasi forvardi bilan shartnoma imzolamoqchi.
"Barsa" 75 mln evrolik tovon pulini to'lashga va norvegiyalikning agenti bo'lmish Mino Rayolaga katta komissiyani taqdim qilishga tayyor.
"Barselona"da Xolandni kelishga ishontiruvchi bir nechta dalillar bor. "Ko'k-anorranglilar" 21 yoshli o'yinchini yangi yosh iqtidorlardan iborat yangi klub loyihasida etakchi bo'lishiga ishontirmoqchi.
"Barselona" shuningdek Xolandning o'tishi unga marketing nuqtai nazaridan ham foydali bo'lishiga e'tibor qaratmoqda, sababi "Barsa" ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvchilar soni bo'yicha dunyoda etakchilik qilmoqda.
Moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, "Barselona" Xolandga 5 yillik shartnoma va yiliga 20 mln evro maosh to'lashga tayyor, bu esa uni jamoadagi eng katta maosh oluvchi o'yinchiga aylantiradi.
19-Fevral 2022,14:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0