U “Atletiko”, “Espanol” va “Napoli” bilan kechgan bellashuvlarda raqib darvozasini ishg'ol qila olmadi. “Valensiya” bilan bahsda esa gabonlik hujumchi xet-trik qayd etdi.
E'tiborlisi shundaki, Obameyang kuchli beshlik chempionatlarining to'rttasida xet-trikka erishgan ilk futbolchiga aylandi.
Frantsiya chempionati
2012 yil. 22 fevral.
“Sent-Eten” – “Loryan” – 4:2
Gabonlik futbolchi “Milan” akademiyasidan chiqib, “rossonerilar”da debyutini o'tkaza olmadi. Professioanl faoliyatini boshlash uchun Frantsiyaga yo'l oldi va u erda “Dijon”, “Lill” va “Monako” klublarida ijara asosida o'ynadi. O'tgan mavsumda “Lill”ni mamlakat chempioniga aylantirgan Kristof Galte qo'l ostida “Sent-Eten”da muvaffaqiyatga erishdi. 2011 yilning 5 fevralida u jamoasi safida debyut qildi. Oradan bir yil o'tib, “yashillar” safida birinchi (va yagona) xet-trikini rasmiylashtirdi. “Loryan”ga qarshi bahsda gabonlik hujumchi 56, 68 va 90-daqiqalarla gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Germaniya Bundesligasi
2013 yil. 10 avgust.
“Augsburg” – “Borussiya D” – 0:4
Frantsiyadagi muvaffaqiyatli mavsumidan so'ng Dortmundning “Borussiya” klubi 2013 yilning yozida Obemayangni sotib oldi. E'tiborlisi shundaki, u yangi jamoasidagi ilk o'yinidayoq “Augsburg” darvozasiga uchta to'p yo'lladi. Yurgen Klopp qo'l ostida haqiqiy hujumchi sifatida shakllandi.
Angliya Premer-ligasi
2021 yil. 14 fevral.
“Arsenal” – “Lids” – 4:2
Gabonlik futbolchi katta maqsadlar asosida “Arsenal”ga olib kelingandi. U “to'pchilar” libosida o'zini ko'rsata boshladi. Keyinchalik turli muammolar tufayli Per-Emerik kelishmovchiliklar ostida qoldi.
U Londonda yakunlanib borayotgan faoliyatining so'nggi qismida xet-trik qayd etdi.
“Lids” bilan bahsda gabonlik futbolchi raqib darvozasini uch marotaba ishg'ol qildi. Diqqat qiling: Obameyang “to'pchilar”dagi dastlabki va yagona xet-trikini 2021 yilning 14 fevralida qayd etdi.
Ispaniya La Ligasi
2022 yil. 20 fevral.
“Valensiya” – “Barselona” – 1:4
Kataloniyaliklar libosini kiygan Obameyang “Valensiya”ga qarshi o'yinga qadar ilk golini ura olmayotgandi. “Mestalya”da o'tgan bellashuv 32 yoshli futbolchiga omadli keldi va 23, 38 va 63-daqiqalarda birin-ketin gollarni urishga erishdi. Bu esa uning faoliyatida davomida kuchli to'rtta ligada to'p kiritgan ilk futbolchiga aylandi.
Buni Obameyang quyidagicha izohladi:
"Men juda xursandman, lekin eng muhimi, g'alaba qozonganimizdan mamnunman. Oxirgi marotaba “Mestalya”ga “Arsenal” bilan Evropa Ligasi doirasida tashrif buyurgan edim va g'alaba bilan ortga qaytgan edik. Bu safar esa xet-trikka erishdim. Bu stadion men uchun xuddi uyimdek bo'lib qolgan".
Samandarbek tarjimasi
24-Fevral 2022,21:30