Bu ijtimoiy muammolarni unutishga yordam bergani uchun ham qadrliroq bo'ladi.
Ammo ayrim o'yinchilar yoshligidan muxlislik qilib kelgan sevimlilarini unutishishiga to'g'ri keldi. Ular professional faoliyatini yoqtirgan jamoalari bilan bog'lay olishmagan, chunki ularda bunday imkoniyat bo'lmagan.
Hozir faoliyatini muxlislik qilgan jamoalariga raqib sanalgan klub libosida o'tkazgan 10 nafar futbolchini ko'rib chiqamiz.
10. Jeymi Karrager ("Everton", "Liverpul")
Premer-liga hamda "Liverpul" klubining afsonaviy futbolchisi Jeymi Karrager Mersisayd klubida 17 yil harakatlangan. 2005 yilda "qizillar" bilan Chempionlar Ligasi g'olibligini qo'lga kiritgan.
E'tiborlisi, Karrager Mersisaydning ko'k jamoasi muxlisi ekanligi haqida aytib o'tgan edi. Gap "Everton" klubi haqida ketyapti. Hatto futbolchiga "Everton" Angliya termasidan-da ko'proq narsa anglatishini aytib hazil qilgan edi.
Jeymi 2017 yildagi intervyusida shunday degandi:
"Bolaligim "Everton" bilan o'tdi. 1985 yilda va butun bolaligimda meni faqat "Everton" qiziqtirardi".
9. Jon Terri ("Manchester Yunayted", "Chelsi")
"Chelsi" klubi sobiq sardori, haqiqiy futbol afsonasi Jon Terri "Manchester Yunayted" muxlislari oilasida tug'ilgan. Futbolchini "Chelsi"gacha faqat "qizil iblislar" qiziqtirar edi.
Shuningdek, "Yunayted" sobiq murabbiyi ser Aleks Fergyuson Terrini 14 yoshiligida manchesterliklar safiga olib kelishga harakat qilgani ham ma'lum qilingan, ammo futbolchi "aristokratlar" safida o'ynashga qaror qilgan. Jon "Chelsi" libosidagi ilk kunidanoq London klubiga mehri ortganini aytgan.
"Men MYu bilan o'sib ulg'ayganman. Har doim har jabhada kuchli klubni qo'llab-quvvatlash ajoyib edi. Buvam va otam MYu muxlisi edi. "Chelsi"dagi ilk kunlarim esimda. "Chelsi"ni yoqtirib qolgandim, bu men istagandek klub edi. Manchesterliklar ham meni taklif qilishgan", – degan edi Terri intervyularidan birida.
7. Ole-Gunnar Sulsher ("Liverpul", "Manchester Yunayted")
"Manchester Yunayted"da futbolchilik va murabbiylik faoliyatini olib borgan Ole "Liverpul" muxlisi edi. "Qizil iblislar" sharafini himoya qilganidan so'ng, tabiiyki, Manchester jamoasini Mersisayd klubidan afzal ko'ra boshlagan. Shuningdek, u internet profilida o'z rasmiga "Liverpul" muxlisi" deb izoh yozgan paytlari bo'lgan.
Norvegiyalik mutaxassisning eski, "Liverpul" libosida tushgan rasmlari tarqalgan. Eng qizig'i, Sulsherning o'zi hozir buni tan olmaydi.
6. Frenk Lempard ("Vest Xem Yunayted", "Chelsi")
Angliya Premer-ligasi va Angliya terma jamoasi afsonasi Frenk Lempard eng ko'p gol urgan yarim himoyachi sifatida tarixda qolgan.
"Chelsi" bilan ulkan yutuqlarga erishib, 2016 yil katta futboldan ketdi va keyinchalik London klubiga murabbiy sifatida qaytdi.
Frenk bolalikda Londonning "Vest Xem Yunayted" jamoasi ashaddiy muxlis edi. Sobiq futbolchining otasi ham "bolg'achilar" safida to'p tepgan. Lempardning o'zi ham ushbu jamoada o'ynab, 2006 yilda "Chelsi" libosini kiygan.
Qarshi tomon – "Vest Xem" muxlislari esa Lempardning bu ishidan g'azablanishganini hushtakbozliklar orqali bildirishgan.
5. Andres Inesta ("Real Madrid", "Barselona")
Dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri Inesta deyarli butun faoliyatini Kataloniya klubiga bag'ishlaganligidan xabardormiz, albatta. Ammo u sevimli klubi "ko'k-anorranglilar"ga qarshi tomon – "Real" muxlisi edi.
Andres "Barselona"ga kelishdan avval mahalliy "Albasete" jamoasida to'p tepgan va jamoasi bilan "Barselona"ga qarshi o'yinlardan birida 0:7 hisobida mag'lub bo'lishgan. Shundan so'ng ispaniyalik futbolchi "Barsa"dan qattiq ranjigan va nafaritini yashirib o'tirmagan.
Keyinchalik "Barsa"ning ilk taklifiga rad javobini bergan:
"Barselona" "Albasete"ga 7 ta gol urganidan so'ng juda jahlim chiqdi. Jamoamni o'zgartirish haqida o'ylayotganim yo'q", – deb aytgan edi futbolchi o'sha o'yindan keyin.
Shuhrat Homidov tayyorladi
19-Aprel 2022,19:15
O'qildi: 49 - Fikirlar: 0