Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta doimiy ravishda forvard va uning agenti Pini Zaxavi bilan aloqada bo'lib turibdi.
Zaxavi Laportaga 40 mln evro "Bavariya"ni forvardni sotishga ko'ndirish uchun etarli bo'lishini aytdi. "Barselona" oldinroq polyakni xarid qilish uchun kamroq sarflashni rejalashtirgan bo'lsa ham, 40 mln evro taklif qilib bo'ldi.
"Bavariya" esa forvard uchun 60 mln evro so'rayotgan bo'lsa ham, Levandovskini irodasiga qarshi chiqqan holda olib qolish yaxshi emasligini tushunishni boshladi.
Robert 12 iyulgacha "Barselona"ga transferi rasmiylashtirilishini kutmoqda – u mavsumoldi tayyorgarligini "Bavariya" tarkibida boshlashni xohlamayapti.
Polyak o'tgan mavsum "Bavariya" tarkibida barcha musobaqalarda 50ta o'yinda maydonga tushib, 46ta gol urishga erishdi.
4-Iyul 2022,17:00