“Tottenxem” Langledan so'ng “Barsa”ning yana bir futbolchisini qo'lga kiritmoqchi
“Barselona” a'zosi Memfis Depay APLga qaytishi mumkin.
Unga “Tottenxem” qiziqish bildirmoqda. Niderlandiyalikning transferiga 20 mln evro taklif etilsagina, klub uni qo'yib yuborishga rozi bo'ladi. Avvalroq, “Barsa” futbolchini sotuvga qo'ygani va yangi mavsumda Depay uchun asosiy tarkibdan joy kafolatlanmagani haqida aytilgandi.
Oldinroq, “shporlar” Kleman Langleni sotib olish huquqi bilan ijaraga olayotgani xabar berilgandi. Londonliklar shu kabi Depayni ham qo'lga kiritmoqchi.