Ma'lum bo'lishicha, klub o'tgan yili 1,017 milliard evro daromad olgan, bu pandemiyadan keyin ilk bor foyda olish imkonini bergan. Bu yilgi daromad esa 1,255 mlrd evroga ko'tarilishi kutilmoqda. Bu yozda klub aktivlarining sotilishi bilan bog'liq. O'tgan mavsumdagi daromad hisoblari ichiga iyun oyi oxirida klubning mahalliy televidenie huquqining 10 foizini "Sixth Street" global investitsiya firmasiga sotgani ham kiritilgan. Ushbu bitim qiymati 200 mln evrodan ortiq bo'lgan va moliyaviy yil uchun oxirgi muddat bo'lgan 30 iyungacha yakunlangan.
"Barsa" iyul oyida ushbu firmaga La Liga TVning yana 15 foizini 300 mln evroga sotdi. Shundan so'ng ikkita 24,5% "Barsa Studios" ulushi 200 mln evroga sotildi. Ushbu mablag'lar 2022/23 yilgi daromadlardan joy olgan.
20-Sentyabr 2022,18:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0