Masharipov O‘zbekiston Singapurni nimaning evaziga mag‘lub etganini aytdi
O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov JCH-2022 saralashidan o‘rin olgan Singapurga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. «Paxtakor» futbolchisi O‘zbekiston qiyin o‘tgan bu o‘yinda nimaning evaziga g‘alaba qozonganini aytdi.
«Maydonga tushishdan oldin har bir raqibni hurmat qilish kerak. Shunday bo‘lsa-da, O‘zbekiston va Singapurning darajasi boshqacha deb o‘ylayman. Buni maydonda isbotlay olishimizga ishongandik. Birinchi golni urgandan keyin biroz bo‘shashdik va bundan foydalangan raqib hisobni tenglashtirdi.
Tanaffus vaqtida murabbiy qanday o‘ynash kerakligini yana bir bor tushuntirdi va qiyin vaziyatdan chiqib ketdik. Shu o‘rinda guruhda birinchi o‘ringa chiqqanimiz bilan butun o‘zbekistonlik muxlislarni tabriklayman. Xudo xohlasa, bundan buyon birinchi o‘rindan tushmaymiz.
Tanaffus arafasida urilgan gol doim futbolchiga yomon ta’sir qiladi. Ammo jamoa bunday holatdan chiqib ketishni bilishi kerak. 90-daqiqada gol o‘tkazib, qo‘shimcha daqiqalarda yutib ketgan vaqtimiz ham bo‘lgan. Bu futbolchining irodasini sinaydigan holat. Bugungi o‘yinda esa o‘tkazib yuborilgan goldan keyin 45 daqiqa vaqtimiz bor edi va xotirjamlik bilan imkoniyatlardan foydalandik.
O‘zbek futboli bunaqa g‘alabalarni sog‘inib qolgandi, shu bois ikkinchi goldan keyin ham bo‘shashmadik. Nimaning evaziga g‘alaba qozondik? Menimcha, intizomning hisobiga. Murabbiy hamma o‘z o‘rnida o‘ynashi kerakligini va albatta imkoniyat bo‘lishini tushuntirdi. Aynan intizomli o‘yin hisobiga g‘alaba qozondik.
Abramov mendan ko‘proq hujumga o‘tishni, xohlaganimdek o‘ynashni so‘ramoqda. U texnikamdan foydalanishim kerakligini aytadi. Men uchun asosiysi jamoa manfaati, shu uchun orqaroqqa qaytib o‘ynagan holatlar ham bo‘ladi. Muhimi jamoaga foydam tegsin.
Bu hali eng yaxshi mavsumim emas deb o‘ylayman, hali bundan yaxshiroq mavsumlar bo‘ladi. Endi hozirgidan yomon o‘ynashga haqqim yo‘q. Saudiya bilan o‘yin juda muhim. Bu o‘yinda g‘alaba qozonsak, jahon chempionati tomon katta qadam tashlagan bo‘lamiz. To‘g‘ri, hali yana bitta bosqich bor, ammo Saudiyani yengishimiz ruhiy ko‘tarinkilik beradi.
Saudiya bilan «Paxtakor»da o‘ynashimiz ham juda yaxshi bo‘ldi. Chunki bu stadion futbolchilar uchun ham qulay. Umid qilaman, bu o‘yinda g‘alaba qozonib, guruhdan chiqish vazifasini hal qilamiz»
Stephan_El_Shaarawy
16-Oktyabr 2019,14:52
16-Oktyabr 2019,14:52
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (1)
K
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30191/+11)
UzFIFA Yangiliklari (22.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (22.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
18-Noyabr
18:10
16-Noyabr
23:40
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)