Futbol olamida muxlislarga eng ko'p hayajonli onlarni EChL taqdim etadi, biroq qit'aning ayrim klublari kelajak Superligaga tegishli ekaniga barchani ishontirishga urinmoqda. Ushbu mavsumda mazkur g'oyani shakllantirgan asl 12 a'zoning 5 tasi Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida ishtirok eta olmaydi.
"Barselona", "Yuventus", "Atletiko", "Manchester Yunayted" va "Arsenal" o'z mahalliy ligalarini tark etishga ham ko'z yumib elita ligani tashkil etishga kirishgan edi, biroq ular joriy mavsum EChLda g'alaba qozonish imkoniyatiga ega bo'lmaydi. Ularning ayrimlari guruh bosqichidan o'ta olmadi, ba'zilari esa umuman yo'llanmaga ega chiqa olmadi. Ular o'zlaridan kichikroq, deb hisoblagan klublar tomonidan musobaqadan "uloqtirildi".
12 ta jamoaning bir qismi bo'lgan "Tottenxem" va "Milan" og'ir ahvolda, ularning taqdiri keyingi haftada ma'lum bo'ladi. Bu UEFAga tegishli musobaqaning eng yuqorida bo'lishini saqlab qoladi va o'zini katta klub, deb hisoblaganlarning aslida kuchli jamoalar emasligini isbotlaydi.
28-Oktyabr 2022,14:30